All for Joomla All for Webmasters

“Mening sevimli jonivorim” mavzusidagi rasmlar chizish tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Xalqimiz boy ekologik madaniyatga ega. O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi tomonidan asrlar davomida shakllanib kelgan boy milliy, ma’naviy qadriyatlarimizni bolalarimizda ekologik madaniyat saboqlarini shakllantirish, ularni ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida turli ko‘rgazmalar, davra suhbatlari, tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni turli tahdidlardan himoya qilish, ularni o‘zlikni anglash, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda turli mavzularda tashkil qilinadigan tadbirlar muhim ahamiyatga ega.

“Mening sevimli jonivorim” mavzusidagi rasmlar chizish tanlovi
“Mening sevimli jonivorim” mavzusidagi rasmlar chizish tanlovi

2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan muzeyda “Mening sevimli jonivorim” mavzusidagi bolalar o‘rtasida rasmlar chizish tanlovi bolalarda tabiatdagi go‘zallikni ko‘ra bilish, idrok etish orqali undagi holatlarni aniqlash, tassurotlarini tasviriy faoliyatda foydalana olishga o‘rgatish, badiiy-ijodiy qobiliyatlarini, tasviriy savodxonlikni o‘stirishga mo‘ljallangan.

“Mening sevimli jonivorim” mavzusidagi rasmlar chizish tanlovi bolalarning atrof-muhitga daxldorlik hissini uyg‘otish, ularni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda bo‘sh vaqtlarini unumli va qiziqarli o‘tkazishlari maqsadida, shuningdek, kelajakda qanday kasbni egallashlaridan qat’iy nazar, ularning tabiatni sevishlari, inson va tabiatning uyg‘unligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari maqsadida o‘tkazildi.

Rasmlar chizish tanlovi ishtirokchilari muzey tomonidan rag‘batlantirildi va turli esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Mening sevimli jonivorim” mavzusidagi rasmlar chizish tanlovi

Leave a comment