All for Joomla All for Webmasters

O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyida 2-8 sentyabr kunlari Muzeylar haftaligi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 189-sonli qarori ijrosini ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat milliy merosi va tarixiy o‘tmishini hurmat qilish va e’zozlashni singdirish hamda aholi dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyida joriy yilning 2-8 sentyabr kunlari Respublika miqyosida Muzeylar haftaligi madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Muzeylar haftaligi davomida Vazirlar Mahkamasining 189-son qaroriga asosan O‘zbekistondagi idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar barcha davlat muzeylariga aholining bepul kirishi ta’minlanadi.

O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyida Muzeylar haftaligi tadbirlari 2 sentyabr soat 12.00 da boshlanadi.

O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab Muzeylar haftaligi doirasida Maftunkor O‘zbekistonning betakror manzaralari mavzusida fotoko‘rgazma tashkil qilindi.

Muzeylar haftaligi

Muzeylar haftaligi

Muzeylar haftaligiFotoko‘rgazmada O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi ilmiy xodimlari tomonidan turli yillarda uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiyalar natijasida fotosuratga olingan tabiiy obyektlarni namoyish qilish maqsad qilingan. Shu bilan birga fotoko‘rgazma aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo‘lish, tabiat ne’matlarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish, ularda tabiatdan ongli ravishda foydalanishlari uchun ular qalbida tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish hamda tejamkorlikni o‘rgatish maqsadiga tashkil etilmoqda.

Leave a comment