All for Joomla All for Webmasters

Tabiat muzeyi bo‘limlari

Ilmiy-ma’rifiy bo‘lim

Ilmiy-ma’rifiy bo‘lim muzeyda madaniy-ma’rifiy ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Muzeydagi barcha ilmiy, madaniy, ma’rifiy ishlarda bo‘lim ilmiy xodimlari faol qatnashib kelishmoqda. Shu bilan bir qatorda 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga bag‘ishlab tashrif buyuruvchilar bilan turli davra suhbatlari, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. 1-iyun’ Xalqaro bolalarni himoya qilish va 18-may Muzeylar kuni munosabati bilan ochiq eshiklar kunlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi tomonidan 2017-yil “Noyob qo‘ng‘izlar”, “Noyob dunyo hayvonlari”, “O‘zbekistonning suv botqoq hududlari”, “O‘zbekiston minerallari” “Bahor ne’matlari” mavzusida ko‘rgazmalar tashkil etildi. Yozgi ta’tilda bolalarni vaqtini unumli o‘tkazish maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablar va yozgi oromgohlarda “Tabiat bizning olamimiz-uni asrashni o‘rganamiz”, “O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyiga sayoxat” mavzularida ko‘chma ko‘rgazma taqdimotlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari muzey faoliyatini yoritish maqsadida ilmiy-ma’rifiy bo‘lim xodimlari tomonidan OAVda muntazam intervyular berib boriladi, hamda muzey ekspozitsiyalari bilan jamoatchilikni tanishtirib borish maqsadida doimiy ravishda maqolalar berib borishadi.

Tabiatshunoslik bo‘limi

O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi Tabiatshunoslik bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Madaniyat vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari, O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyining rahbariyati tasdiqlangan yo‘nalish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Jumladan bo‘lim tomonidan 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga bag‘ishlab 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha “Maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda muzeylarning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari bilan birga, muzeylar eng katta tarbiya maskanlaridan ekanligiga e’tibor qaratildi.

Muzeyda rasmlar chizish tadbiri o‘quvchilarda ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan badiiy madaniyatni, tasviriy savodxonlikni shakllantirishdan iborat. Muzeyda turli hayvonot olami vakillarini chizish mavzularidagi tadbirlarning maqsadi ham o‘quvchilarni kelgusida qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, atrof-muhit go‘zalligini nozik his etadigan, mustaqil va ijodiy fikrlaydigan, mushohada qiladigan etib tarbiyalashdir. Ilmiy-ma’rifiy bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Qushlar bizning do‘stimiz” mavzusidagi rasmlar chizish tadbiri ham ana shu maqsadlarga yo‘g‘rilgan.

Muzeyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi “2010-2020 yillarda nomoddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 222-sonli qarorining 53-bandi ijrosi bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazib kelinadi. Bunday tadbirlarda ushbu qarorning mohiyati, nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishning tub sabablarini aholiga tushuntirish ishlari olib boriladi. Shuningdek tadbirlarda 2002-2003 yilllar mobaynida Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha Konvensiya tayyorlangani, u 2003 yilning oktyabr oyida YUNЕSKO Bosh Konferensiyasida qabul qilingani va 2006 yilning 20 iyunidan kuchga kirgani, O‘zbekistonning 2008 yil aprel oyidan Konvensiyaga a’zo bo‘lgani kabi ma’lumotlar targ’ib etiladi. Tadbirlarning maqsadi o‘sib kelayotgan yoshlarimiz o‘rtasida nomoddiy madaniy merosga nisbatan hurmat va muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, birinchi navbatda ajdodlarimizdan bizga meros qolgan tarixiy merosimizni asrab-avaylashdan iboratdir.

Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi qarori bo‘yicha maktab o‘quvchilari bilan 17 mart kuni “Navro‘z” umummxalq bayramida boqiy qadriyatlar: milliy o‘yinlar va ularning bolalar tarbiyasidagi o‘rni” mavzusidagi tadbir doirasida “Oq terakmi-ko‘k terak” o‘yini o‘tkazildi. Tadbirda davlatimiz tomonidan yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga yuksak e’tibor bilan qaralayotgani, ko‘p asrlik tarixga ega xalq qadriyatlarining bir-birini takrorlamasligi bilan muhim ahamiyat kasb etishi, bu o‘yinlarning yosh avlodning jismoniy sog‘lom bo‘lishida, aqliy kamolotida, ruhiy chiniqishida, ma’naviyatini yuksaltirishda o‘rni beqiyosligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek 24 mart kuni o‘tkazilgan “Bahor taomlari, ularning inson sog‘lig‘i uchun ahamiyati” mavzusidagi tadbirda o‘sib kelayotgan yosh avlodga bahor faslida xalqimizning uzoq o‘tmishga ega qadriyatlari, milliy an’analari, urf-odatlarini tanishtirish ishlari olib borildi.

Tabiatshunoslik bo‘limi tomonidan turli mavzularda ma’ruzalar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning aprel oyida “O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan qushlar” ma’ruzalar doirasida “O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan suv-botqoqli hududlarda uchrovchi qushlar” va “O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan cho‘l hududlarida uchrovchi qushlar” mavzularida ma’ruzalar tashkil qilindi. Ma’ruzalarda qushlarning tabiatdagi o‘rni va ahamiyati, ayrim qushlarni muhofaza qilishda O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning roli haqida so‘z yuritildi.

Tabiatshunoslik bo‘limi tomonidan OAVda muntazam ravishda turli mavzularda chiqishlar qilinmoqda.

Ekologiya bo‘limi

O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyiga tashrif buyuruvchilarga Respublika tabiati to‘g‘risida qiziqarli va boy taassurot qoldirish, ekologiya va atrof-muhitni avaylab –asrash borasidagi ishlarni targ‘ib qilish maqsadida turli mavzularda ko‘chma ko‘rgazmalar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, muzeyning Ekologiya va Ilmiy-ma’rifiy bo‘limlari hamkorlikda 11 aprel va 22 iyun kunlari Shayhontohur kasb-hunar kollejida “Ekologik ta’lim-tarbiya” mavzusida, Toshkent shahar Olmazor tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi bilan hamkorlikda “Inson va tabiat” mavzusida ko‘chma ko‘rgazmalar o‘tkazildi.

Davlatimiz tomonidan nogironlarning ijtimoiy muhofazasini mustahkamlash, ularning ma’naviy barkamolligini ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning bo‘sh vaqtlarini unumli va sermazmun o‘tkazish maqsadida 26 may kuni Tabiatshunoslik bo‘limi tomonidan Olmazor tumani “Sog‘lom avlod uchun” xayriya tayanch maskani hamkorligida 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 102-zaif eshituvchi bolalar maktab internatida “O‘zbekiston tabiati mavzusida” ko‘chma ko‘rgazma o‘tkazildi.

Ona tabiatni asrab avaylash borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tabiatdan nooqilona foydalanishni cheklash, yer, suv, tabiiy boyliklarni, o‘simlik va hayvonot olamini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar bilan 8 iyun kuni o‘tkazilgan “Ona tabiatni asrang” mavzusidagi Davra suhbati jarayonida yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazayotgan bolalar tanishtirildi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bag‘ishlangan “Yoz faslida bolalarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishda muzeylarning roli” mavzusidagi 20 iyun kuni o‘tkazilgan tadbirda tabiat muzeyiga tashrif buyuruvchi yosh avlodlarning ekologik tarbiyasida, yozgi ta’tilni sermazmun va unumli o‘tkazishlarida muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonda 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi va shu yilga bag‘ishlangan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Respublikamizda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyat oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalardan biridir. Shu o‘rinda xalqimizning va o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy dunyosini har tomonlama boyitish va uni to‘g‘ri shakllantirish, ularni tabiat boyliklarini asraydigan, qadrlaydigan etib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jumladan tabiat hodisalari to‘g‘risida aniq tasavvur berish maqsadida landshaft usulida yaratilgan ekspozitsiyalar namoyish qilinmoqda va hozirda yangi ekspozitsiyalar yaratish uchun izlanishlar olib borilmoqda, hamda asrlar davomida shakllanib kelgan boy milliy, ma’naviy qadriyatlarimizni xalqimizga, birinchi navbatda o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.