All for Joomla All for Webmasters

Mening sevimli jonivorim mavzusidagi rasmlar chizish tanlovi konsеpsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi

2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga bag‘ishlangan Mening sevimli jonivorim mavzusidagi rasmlar chizish tanlovi

KONSЕPSIYASI

O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyida ilmiy-ma’rifiy bo‘lim tomonidan2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga bag‘ishlab joriy yilning 20 iyunidan 11 avgustiga qadar 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida Mening sevimli jonivorim mavzusida rasmlar chizish tanlovinitashkil etilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi davrda mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama yetuk, barkamol shaxs sifatida shakllanishlariuchun katta e’tibor berilmoqda. Bu borada ularning ekologik bilimlarini oshirish, tabiatga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy shakllantirish ham muhim hisoblanadi.

Tabiat – tiriklik makoni, uni asrash va saqlash insoniyatning o‘z qo‘lida, yosh avlodga ushbu tushunchalarni o‘rgatishda turli tadbirlar, tanlovlar o‘tkazish yaxshi samara beradi. Shu maqsadda muzeyda o‘tkaziladigan tanlov bolalarning tabiatdagi hayvonot dunyosiga nisbatan befarq bo‘lmaslikka hamda inson va tabiat bir-biri bilan bog‘liqligini anglashlari, tabiatni muhofaza qilish g‘oyalarini targ‘ib etish uchun xizmat qiladi.

Rasmlar chizish tanlovi yordamida bolalar estetik didlarini shakllantiradilar va ekologik bilimlarini oshiradilar. Bolalar hayvonot olami vakillarining rasmlarini chizish jarayonida tabiatni kuzatadilar, undagi betakrorlikni anglaydilar, hayvonot dunyosi haqidagi bilimlarini boyitadilar.

Yozgi ta’til davrida o‘tkaziladigan ushbu tanlov bolalarning tabiatni sevishlarida, ona Vatanga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyalanishlarida, ekologik bilimlarini, tafakkurlarini boyitishda, mustaqil fikrlash imkoniyatlarini kengaytirishda ahamiyati katta. Shuningdek, rasmlar chizish tanlovi bolalarning tabiat boyliklariga nisbatan daxldorliklarini his qilishlari, tabiat bilan oqilona munosabatda bo‘lishlarida, bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilib, uni unumli va sermazmun o‘tkazishlari hamda har tomonlama barkamol shaxs sifatidatarbiyalanishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Taqdirlash marosimi 11 avgust soat 12:00da.

Leave a comment